"Real Madrid" Franning narxini oshirdi

Klublar o'rtasidagi jahon chempionatidagi yaxshi o'yinlaridan so'ng "Real" chap qanot himoyachisi Fran Garsiyaning narxini oshirdi.
AS xabariga ko'ra, "qirollik klubi" endi 25 yoshli futbolchisi uchun 25 million evro atrofida mablag' olmoqchi.
Avvalroq futbolchiga "Milan" jiddiy qiziqish bildirayotgani aytilgandi.