O'ng qanot himoyachisi Lorentso Aguado Madridning "Real" klubini tark etib, erkin agentga aylandi. Asosan "Kastilya" sharafini himoya qilgan 22 yoshli futbolchi bilan hamkorlik 28 iyul, dushanba kuni rasman yakunlandi.

Futbolchi "qaymoqranglilar" tizimida jami 15 yil o'tkazgan, ammo asosiy jamoada atigi uch marta o'ynagan. Ispaniyalikning poytaxt grandi tarkibidagi yagona o'yini yanvar oyida "Deportivo Minera"ga qarshi kubok bahsida bo'lib o'tgandi va o'sha o'yinda jamoa 5:0 hisobida g'alaba qozongandi.

"Kastilya" safida Lorentso Aguado 36 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.