"Real" Kamavinga narxini belgilab oldi

Madridning "Real" klubi yarim himoyachi Eduardo Kamavingani ma'lum shartlar asosida sotib yuborishni ko'rib chiqishga tayyor.
"Qirollik klubi" frantsiyalik futbolchi uchun 80 mln evrodan ko'proq mablag' taklif qilingan taqdirdagina uni sotishni ma'qullaydi, deb xabar beradi Defensa Central. Bosh murabbiy Xabi Alonso xavbekdan mamnun. Klubdagilarning fikricha, belgilangan narx xaridorlarni cho'chitishi kerak.
Eduardo Kamavinganing Transfermarkt saytidagi narxi - 60 mln evro. 22 yoshli futbolchining madridliklar bilan shartnomasi 2029 yilning yarmigacha mo'ljallangan.