"Real" hujumchisiga La Liganing bir qancha klublari da'vogar

Madridning "Real" klubi hujumchisi Alvaro Rodriges "Xetafe"dagi ijara mavsumini yakunlab, klubga qaytdi.
Xabarlarga ko'ra, "qirollik klubi" 21 yoshli futbolchiga hozirda asosiy tarkibda joy yo'q deb hisoblaydi. Uni yana ijaraga berish uchun takliflar ko'rib chiqiladi.
Hozirda Rodrigesga "Elche", "Levante", "Rayo Valekano" va "Alaves" qiziqish bildirmoqda.