"Real" himoyachisini Italiyaga qanchaga sotishi ma'lum bo'ldi

Madridning "Real" klubi "Komo"ning markaziy himoyachi Xakobo Ramon bo'yicha taklifini qabul qildi.
Italiya klubi 20 yoshli futbolchi uchun 2,5 mln evro va bonuslar to'laydi, deya xabar bermoqda insayder Nikolo Skira. "Qaymoqlilar" uchun asosiy foyda shundaki, ular o'z tarbiyalanuvchisini kelajakda qayta sotishning 50 foizini oladilar. Bundan tashqari, madridliklar kelishuvga markaziy himoyachini birinchi navbatda qayta sotib olish huquqini ham kiritgan.
Avvalroq, "Real" ispaniyalik futbolchini keyingi 3 yil ichida 8 mln evroga qaytarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Xakobo Ramonning "Komo" bilan shartnomasi 2030 yilning yarmigacha mo'ljallangan.