"Real" himoyachisi o'z o'yinini tanqid qildi

Raul Asensio klublar o'rtasidagi jahon chempionatidagi o'yini haqida tanqidiy fikr bildirdi.
"Madrid muxlislari, men dunyodagi eng yaxshi klubning bir qismi bo'lish orzumni amalga oshirgan mavsum nihoyasiga etdi, ammo u men istamagan tarzda yakunlanmoqda.
Klublar o'rtasidagi jahon chempionatida mendan maksimum talab qiladigan vazifani bajara olmaganimni his qilyapman, lekin hozir batareyalarni qayta zaryadlash vaqti keldi.
Ta'tilingiz xayrli o'tishini tilayman, Hala Madrid!," - deb yozdi "Real" himoyachisi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.