"Real" himoyachisi: "La Liga yangi mavsumiga tayyormiz"

Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi Eder Militao yangi mavsum starti oldidan jamoaning tayyorgarligiga baho berdi.
Seshanba kuni "qaymoqranglilar" Avstriyaning "Tirol" klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvida yirik hisobda g'alaba qozondi (4:0) - bu rasmiy o'yinlar oldidan so'nggi nazorat o'yini. Eslatib o'tamiz, 19 avgust kuni madridliklar La Liga yangi o'yinining 1-turida "Osasuna"ga qarshi bahs olib boradi.
"Mavsumoldi jarayonlari oson kechmadi, ammo biz chempionat startiga tayyormiz. Jamoa o'yinga yaxshi formada etib boradi. Biz o'zimizga ishonamiz va butun diqqat-e'tiborimizni jamlaganmiz. Oldinda uzoq mavsum bor va biz bunga tayyormiz," - deya og'ir jarohatdan so'ng safga qaytgan Militaoning so'zlarini keltiradi Madrid Zone.