"Real" himoyachisi jarohatidan to'liq forig' bo'ldi

Madridning "Real" klubi himoyachisi David Alaba yana maydonga qaytishga tayyor.
Relevo xabariga ko'ra, 33 yoshli avstriyalik markaziy himoyachi jamoaning kechadan boshlangan mashg'ulotlarida umumiy guruhda to'liq va muammolarsiz ishlagan. U rasmiy o'yinlarda ishtirok etishga tayyor.
"Real" La Ligadagi dastlabki o'yinini 19 avgust kuni "Osasuna"ga qarshi o'z maydonida o'tkazadi.