"Real" himoyachisi Rafael Obrador faoliyatini Portugaliyada davom ettiradi. AS xabariga ko'ra, "Benfika" 21 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun 5 million evro to'laydi.

Manbaga ko'ra, kelishuvda "Real" futbolchining huquqlarini sotib olishi haqida band bo'ladi.

2024/25 yilgi mavsumda Obrador ijara asosida "Deportivo" safida Ispaniya ikkinchi ligasida 33 ta o'yinda maydonga tushdi va golli uzatma muallifiga aylandi.