"Jirona" himoyachisi Migel Guterres faoliyatini "Napoli"da davom ettirishga yaqin turibdi.

Xabarlarga ko'ra, neapolliklar ispaniyalik chap qanot himoyachisini "Jirona"dan 18+2 million evro evaziga sotib oladi.

Relevo xabariga ko'ra, "Real" o'z tarbiyalanuvchisining bu transferidan 8-9 million evro ishlab oladi, chunki uning transfer huquqining 50 foizi "qaymoqranglilar"ga tegishli edi.