"Real" Gonsalo Garsiya bilan shartnomani necha yilga uzaytirishi ma'lum bo'ldi

"Real" va Gonsalo Garsiya shartnomani uzaytirishga kelishib oldi.
Avvalroq, 21 yoshli hujumchi asosiy jamoaga o'tkazilgani ma'lum bo'lgandi.
AS xabariga ko'ra, Gonsalo bilan yangi kelishuv 2030 yilgacha mo'ljallangan. Uning tovon puli 1 milliard evroga etadi - futbolchining amaldagi shartnomasida 50 million evro ko'rsatilgan.
Qayd etilishicha, "Real" tarbiyalanuvchisiga APLning ba'zi top-klublari qiziqish bildirgan.
O'tgan klublar o'rtasidagi jahon chempionatida Gonsalo 4 ta gol va golli uzatma bilan turnirning eng yaxshi to'purariga aylandi.