"Real" futbolchisi Tchuameni faoliyatini qaerda yakunlamoqchi ekanini aytdi

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Orelen Tchuameni kelajagi haqida gapirdi.
Frantsuz "qaymoqranglilar" safida uch yildan buyon to'p tepib kelmoqda. U o'tgan davr mobaynida 145 ta o'yinda maydonga tushib, beshta gol va oltita assistni o'z hisobiga yozdirib qo'yishga ulgurdi.
"Faoliyatimni qaerda yakunlamoqchiman? Cho'qqida. Umid qilamanki, dunyoning eng yirik klubi "Real"da," - deya Tchuamenining so'zlarini keltiradi Madrid Xtra.