"Real" futbolchisi mavsum boshlanishini o'tkazib yuborishi mumkin

"Real" hujumchisi Endrik Ispaniyada yangi mavsum boshlanishini o'tkazib yuborishi mumkin.
The Athletic nashri xabariga ko'ra, 18 yoshli braziliyalik futbolchi 18 may kuni La Liganing 37-turida "Sevilya"ga qarshi o'yinda olgan son mushaklari jarohatini qaytalab olgan. Ushbu jarohat tufayli u butun klublar o'rtasidagi jahon chempionatini o'tkazib yubordi.
2024/25 yilgi mavsumda Endrik "Los-Blankos" safida barcha musobaqalarda 37 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Real Madrid"ning navbatdagi rasmiy o'yini 19 avgust kuni bo'lib o'tadi - Madrid klubi Ispaniya chempionatining 1-turida "Osasuna"ni qabul qiladi.