Madridning "Real" klubi vingeri Viktor Munos faoliyatini "Osasuna"da davom ettiradi.

Madrid klubi 21 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun 6 million evro va kelajakda qayta sotiladigan summaning 50 foizini oladi, deydi insayder Fabritsio Romano.

Munos o'tgan mavsumda "Real Madrid" safida 4 ta o'yinda bitta ham gol ura olmagan. 3-ligada "Real B" safida 34 o'yinda 11 gol va 7 golga assistentlik qilgan.