"Real"dan erkin agent maqomida ketgan futbolchi Ispaniya ikkinchi divizioni vakili safiga o'tadi

Madridning "Real" klubi sobiq himoyachisi Xesus Valexo o'ziga yangi jamoa topdi.
Relevo xabariga ko'ra, 28 yoshli futbolchi Ispaniya ikkinchi divizioni vakili "Albasete" a'zosiga aylanadi.
Valexo hozirda Transfermarkt portali tomonidan 1 million evroga baholangan.