"Real"da tibbiy ko'rikdan o'tolmagan marokashlik iqtidor "Ayaks" bilan shartnoma imzoladi

Marokashlik 16 yoshli markaziy yarim himoyachi Abdulloh Uazan "Ayaks" bilan shartnoma imzoladi, deya xabar bermoqda klub rasmiy sayti.
Kelishuv 2028 yilgacha mo'ljallangan. Bitimning moliyaviy tafsilotlari oshkor etilmagan.
Uazan 7 yoshidan beri "Ayaks" tizimida. U so'nggi paytlarda U-17 jamoasida o'ynagan.
Futbolchi hozircha jamoaning yoshlar jamoasi safida o'ynashi kutilmoqda.
Uazan erkin agent maqomida "Real"ga o'tishi kerak edi. U "qirollik klubi" uchun tibbiy ko'rikdan o'ta olmadi.