"Real"da Mbappedan keyingi 9-raqam uchun ikki da'vogar nomi ma'lum bo'ldi

Kilian Mbappe "Real"da o'yin raqamini o'zgartirdi. Yulduz hujumchi endi Frantsiya terma jamoasidagi kabi 10-raqam ostida o'ynashini allaqachon tasdiqlagan. Natijada, Madrid klubida 9-raqam bo'shaydi.
AS nashrining yozishicha, bu raqamga Endrik va Gonsalo Garsiya da'vogarlik qilmoqda.
"Real" futbolchilari ayni damda ta'tilda.