"Real" "Chelsi"ni klublar o'rtasidagi jahon chempionatidagi g'alaba bilan tabrikladi.

Finalda Entso Mareska jamoasi "PSJ"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi.

"Chelsi" va uning barcha muxlislarini klublar o'rtasidagi jahon chempionatidagi haqli g'alaba bilan tabriklaymiz.

Shuningdek, FIFA va uning prezidenti Janni Infantinoni turnirning ajoyib tashkil etilgani bilan tabriklaymiz," - deyiladi "Real" bayonotida.