Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Dani Sebalosning jamoadan ketish imkoniyatini juda past baholamoqda.

Marca nashri xabariga ko'ra, "qirollik klubi" 28 yoshli ispaniyalik uchun so'rayotgan 20-25 million evro narxi to'lashga tayyor klublar yo'q.

"Betis" Sebalosni qaytarmoqchi edi, ammo madridliklarning talabi tufayli fikridan qaytdi.

Danining "qaymoqranglilar" bilan shartnomasi 2027 yil o'rtalariga qadar mo'ljallangan.