"Real" Asensio uchun munosib taklif olsa, uni qabul qiladi

Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi Raul Asensio jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonsoning asosiy rejalariga kiritilmagan.
Relevo xabariga ko'ra, 22 yoshli ispaniyalik futbolchining joriy yozda "qirollik klubi"dan ketishi biroz qiyin masala, ammo agarda munosib taklif bo'lsa "Real" uni qabul qilishga tayyor.
Hozirda Asensio Transfermarkt tomonidan 40 million evroga baholanmoqda. Uning shartnomasi kelasi yil yozda yakunlanadi.