"Real" Alonsoning transferlar bo'yicha so'rovini qondirdi

Madridning "Real" klubi klublar o'rtasidagi jahon chempionatidan keyin ham transfer bozoridagi faoliyatini davom ettiradi.
"Qaymoqranglilar" musobaqaning yarim finaliga qadar etib bordi va "PSJ"ga yirik hisobda yutqazdi (0:4). Jamoa boshqaruvidagi dastlabki o'yinlardan so'ng, Xabi Alonso tarkibni yanada kuchaytirish kerakligini tushundi. Marca xabariga ko'ra, murabbiy klub rahbariyatiga yangi xaridlar bo'yicha murojaat qilgan - so'rov qanoatlantirilgan. Shu tariqa, "qirollik klubi" "Benfika"dan Alvaro Karrerasni taklif qilish bilan cheklanib qolmaydi - keyin yangi kelishuvlar amalga oshiriladi.
Xabi Alonso iyun oyi boshida "Real" bosh murabbiyi lavozimini egallagandi.