"Real" allaqachon ispaniyaliklarning so'nggi mish-mishlariga ko'ra "Vilyarreal"ga o'tishi mumkin bo'lgan ukrainalik darvozabon Andrey Luninga o'rinbosar qidirishni boshladi.

El Gol Digital xabariga ko'ra, "qaymoqranglilar" ukrainalik futbolchi o'rniga uchta kiperni ko'rib chiqmoqda:

- David Soria "Xetafe"dan, u "Real" akademiyasida faoliyatini boshlagan va uning rivojlanishini "qaymoqranglilar" doimiy ravishda kuzatib borishadi.

- O'tgan mavsumni yaxshi darajada o'tkazgan va boshqa bir qancha klublar bilan bog'langan "Alaves" futbolchisi Antonio Sivera

- "Vilyarreal" darvozaboni Diego Konde ham "Real" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Eslatib o'tamiz, Lunin o'yin amaliyoti etishmasligi sababli "Real"ni tark etish haqida o'ylamoqda.