Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Reyner faoliyatini o'z vatani Braziliyada davom ettiradi.

Futbolchi "qirollik klubi" bilan 2026 yil yozigacha bo'lgan shartnomasini bekor qiladi va erkin agent maqomida "Atletiko Mineyro" safiga o'tadi.

"Real" hozirda 23 yoshda bo'lgan futbolchini 2020 yilda "Flamengo"dan 30 million evroga sotib olgandi. Shundan so'ng u "Borussiya Dortmund", "Jirona", "Frozinone" va "Granada" klublarida ijarada o'ynadi. U "qirollik klubi" asosiy jamoasida birorta o'yin o'tkazmagan.