Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem yaqin orada endi maydonga tusha olmaydi.

Chorshanba kuni "qaymoqranglilar" klublar o'rtasidagi jahon chempionati yarim finalida "PSJ"ga yirik hisobda mag'lub bo'ldi (0:4) va turnirdagi ishtirokini yakunladi. Shu tariqa, Madrid grandi uchun 2024/25 yilgi mavsum yakuniga etdi. Kutilganidek, mavsum tugagach, Bellingemning elkasidan operatsiya qilinadi. Madrid Zone xabariga ko'ra, jarrohlik amaliyotidan keyin inglizning tiklanishi uch oydan to'rt oygacha davom etadi.

Jud Bellingem anchadan beri elkasida noqulaylik sezadi, shuning uchun, yaqinda o'zi tan olganidek, muammoni operatsiya yo'li bilan tezroq hal qilishni xohlaydi.

19 avgust kuni "Real" La Liganing yangi mavsumidagi ilk o'yinini o'tkazishi rejalashtirilgan.