"RB Leyptsig" Sheshko bo'yicha yangi taklifni qabul qiladi

"Leyptsig" Benyamin Sheshko transfer taklifini qabul qilishi mumkin.
Avvalroq, "Nyukasl" hujumchi transferi uchun 80+10 million evro taklif qilgani ma'lum bo'lgandi.
Jurnalist Sasha Tavolerining ma'lum qilishicha, nemis klubi bu taklifni qabul qilishi va "Nyukasl" bilan to'liq kelishuvga erishishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, futbolchi inglizlar safiga o'tishga tayyor.
Benyamin Sheshko Bundesliganing o'tgan mavsumida 33 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urgan.