"Manchester Yunayted" klubi hujumchi Benjamin Sheshko uchun kurashda g'alaba qozonganiga ishonch bildirmoqda.

Bu haqda jurnalist Grem Beyli ijtimoiy tarmoqda xabar berdi.

Qayd etilishicha, Sheshko «RB Leyptsig»dan Ruben Amorim jamoasiga o'tishga tayyor. Avvalroq, matbuot 22 yoshli Sheshkoni "Nyukasl" bilan bog'lagan edi.

"Zag'izg'onlar" "qizil iblislar"dan farqli o'laroq, kelasi mavsumda Chempionlar ligasida Angliya sharafini himoya qiladi.