"Portu" o'zining rasmiy saytida vinger Fransishku Konseysauning to'laqonli transferi haqida ma'lumot joylashtirdi. Portugaliya klubi futbolchini 32 million evroga "Yuventus"ga sotdi.

"Portu"ning qayd etishicha, Konseysau sof tushumning 20 foizini olish huquqidan voz kechgan. Shu tariqa, "ajdarlar" umumiy hisobda 41,5 million evro oladi (ijara narxi 9,5 million edi).

Shuningdek, "Portu" birdamlik mexanizmi va vositachilik yig'imlari uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olishini ta'kidladi.

"Yuventus" safida Fransishku Konseysau 40 ta o'yinda maydonga tushib, ettita gol urgan va sheriklariga oltita golli uzatmani amalga oshirgan.