Duglas Luis "Yuventus"dan "Nottingem Forest"ga o'tdi.

"Nottingem" 27 yoshli braziliyalik yarim himoyachini sotib olish sharti bilan ijaraga oldi.

"Yuventus" Duglasning ijarasi uchun 3 million evro olishini ma'lum qildi. Agar sotib olish optsiyasi faollashtirilsa, "o'rmonchilar" to'rt yil ichida 25 million to'laydi. Bitimda bonuslar ham ko'rsatilgan - 3,5 mln.

Luis Turin klubiga o'tgan yili "Aston Villa"dan 50 million evro evaziga o'tgan edi.