Rasman: Toma Tabatadze "Buxoro"ga o'tdi (foto)

Superliga birinchi davrasida "Neftchi" sharafini himoya qilgan Toma Tabatadze "Buxoro"ga o'tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
33 yoshli gruziyalik forvard joriy mavsumda farg'onaliklar safida jami 16 ta o'yinda 2 ta gol urib, 2 ta assist berdi.
