Rasman. Shevale o'rnini Turkiya terma jamoasi a'zosi egalladi

"Lill" "PSJ"ga ketgan Lyuka Shevale o'rniga turkiyalik darvozabonni sotib oldi. "Itlar" tarkibini 25 yoshli Berke Ozer to'ldirdi.
Ozer Frantsiyaning top-klubiga Istanbulning "Ayupspor" klubidan o'tdi. Shartnoma to'rt yilga imzolangan bo'lib, bitim summasi 4,5 mln evroga baholanmoqda.
Ozer Turkiya terma jamoasi futbolchisi bo'lib, Turkiya terma jamoasi safida ikkita o'yinda maydonga tushgan.