Rasman. "Roma" Uesli transferini e'lon qildi

"Roma" qanot himoyachisi Uesli bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda Rim klubi matbuot xizmati o'z saytida rasman ma'lum qildi. Futbolchi Braziliyaning "Flamengo" klubidan sotib olingan.
"Rimga xush kelibsan, Uesli!" - deyiladi rimliklar saytidagi xabarda.
Jurnalist Janluka Di Martsioning ma'lum qilishicha, italyan klubi Uesli uchun "Flamengo"ga 25 mln evro to'lagan. Yana 5 mln evro bonus sifatida ko'zda tutilgan. Braziliyalik A Seriya klubida 43-raqamda harakat qiladi.
"Flamengo" safida 21 yoshli himoyachi 2021 yildan buyon to'p surib kelmoqda. Uning hisobida Braziliya klubi safida 136 ta o'yin, 4 ta gol va 6 ta golli uzatma bor. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Ueslining narxi - 20 mln evro.