Rasman. «Roma» hujumchisini 1 million evro evaziga sotib yubordi

Ola Solbakken "Roma"ni tark etdi.
26 yoshli vinger "Nordshelland"ga o'tdi. Daniya klubi futbolchi bilan shartnoma imzolaganini rasman e'lon qildi.
Insayder Nikolo Skiraning ma'lum qilishicha, kelishuv summasi 1 million evroni tashkil qilgan.
Solbakken 2023 yilda "Roma" safiga kelib qo'shilgan. U o'tgan mavsumni ijara asosida "Empoli"da o'tkazdi.