Rasman. "Roma" "Aston Villa" vingeri transferini e'lon qildi

Leon Beyli "Roma" futbolchisiga aylandi.
Rim klubi "Aston Villa" vingeri bilan sotib olish sharti bilan ijara asosida shartnoma imzolaganini e'lon qildi.
The Athletic xabariga ko'ra, "jallorossi" futbolchisining ijarasi uchun 3 million evro to'lanadi, to'liq transfer esa ularga 22 mln evroga tushadi.
Beyli o'tgan mavsum APLda 24 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Manba: www.stadion.uz.