Rasman: "Real" yarim himoyachisi La Liganing boshqa klubiga o'tdi

"Real Madrid" hujumkor yarim himoyachisi Viktor Munos faoliyatini "Osasuna"da davom ettiradi. Bu haqda "qirollik klubi" matbuot xizmati xabar berdi.
"Klub unga mehnati, fidoyiligi uchun minnatdorchilik bildiradi va hayotining yangi bosqichida unga va oilasiga omad tilaydi," - deyiladi klub rasmiy xabarida.
Viktor Munos 2021 yilda 18 yoshida "Real" yoshlar jamoasiga o'tgan. Yosh futbolchi asosiy tarkibda 2025 yilning may oyida debyut qilgan. O'tgan mavsumda Munos "Real Madrid Kastilya" sharafini himoya qilgan. Transfermarkt portaliga ko'ra, futbolchining transfer narxi 1 mln evroga baholanmoqda.