Rasman. "Real" yarim himoyachisi jamoani tark etdi

Hujumkor yarim himoyachi Reyner "Real"ni tark etib, "Atletiko Mineyro"ga ko'chib o'tdi. La Liga grandi rasmiy sayti orqali 23 yoshli futbolchi bilan xayrlashganini e'lon qildi. Braziliyalik futbolchi yangi klubiga tekinga o'tdi, biroq avvalroq OAVda xabar qilinganidek, "qaymoqranglilar" bo'lajak qayta sotuv summasining yarmini oladi.
"Real" Reynerni 2020 yil boshida "Flamengo"dan 30 mln evroga sotib olgandi. Xavbek o'sib kelayotgan yulduz hisoblanardi, biroq u Evropada o'zini ko'rsata olmadi. Katta umidlarga ega bo'lgan futbolchi ijara asosida o'ynagan Dortmundning "Borussiya", "Jirona", "Frozinone" va "Granada" klublarida o'z kuchini sinab ko'rdi. U madridliklarning asosiy jamoasida birorta o'yin o'tkazmadi.