Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi Xakobo Ramon faoliyatini "Komo"da davom ettiradi. Bu haqda italyan klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "Komo" futbolchini 2,5 million evro va bonuslar evaziga sotib olgan. Futbolchining 50 foiz transfer huquqi "qaymoqranglilar"da qoldi.

20 yoshli ispaniyalik futbolchi Italiya klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.