Rasman. "PSJ" Shevaleni 40+15 million evro evaziga sotib oldi (foto)

Lyuka Shevale "Lill"dan "PSJ"ga o'tdi.
Parij klubi 23 yoshli darvozabon bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Tomonlar 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma tuzdilar.
Avvalroq bitim summasi 40 mln evro va bonuslar sifatida 15 mln evroni tashkil etishi ma'lum qilingandi.
Liga 1ning o'tgan mavsumida Shevale 34ta o'yinda maydonga tushib, 36ta gol o'tkazib yuborgan.
