Tehronning "Persepolis" klubi joriy yozda klubning to'qqizinchi yangi futbolchisiga aylangan ivuarlik himoyachi Serj Ore bilan shartnoma imzolaganini rasman e'lon qildi.

Shartnoma tafsilotlari oshkor etilmagan.

32 yoshli futbolchi bungacha "Pari Sen-Jermen", "Tottenxem", "Vilyarreal", "Nottingem Forest" va "Galatasaroy" klublarida to'p tepgan va Chempionlar ligasi finaliga qadar etib borgan.

Kot-d'Ivuar terma jamoasi tarkibida Ore ikki marta Afrika Millatlar Kubogini qo'lga kiritgan.