Rasman: Odil Hamrobekov - "Traktor" futbolchisi! (+Foto)

Toshkentning "Bunyodkor" klubi tayanch yarim himoyachisi Odiljon Hamrobekov faoliyatini Eronda davom ettiradi. Mamlakatning amaldagi chempioni "Traktor" hamyurtimiz transferini e'lon qildi.
29 yoshli futbolchimiz Eron grandi bilan 2027 yilgacha shartnoma imzoladi.
"Traktor" avvalroq transfer uchun "qaldirg'ochlar"ga 200-300 ming evro to'lashi haqida xabarlar chiqqan edi.
