Rasman: Obameyang "Al-Qodsiya"ni tark etdi (foto)

Hujumchi Per-Emerik Obameyang bir mavsumlik faoliyatidan so'ng Saudiya Arabistonining "Al-Qodisiya" klubini tark etdi.
Avvalroq unga faoliyatidagi so'nggi Evropa klubi - "Marsel" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
U o'tgan mavsum "Al-Qodisiya" safida 36 ta o'yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
