"Sevilya" "Nyukasl"dan darvozabon Odisseas Vlaxodimosni transfer qilganini e'lon qildi. Ispan klubi 31 yoshli grekni ijaraga oldi.

Transfermarkt portali futbolchining narxini 5 million evroga baholamoqda.

2024/25 yilgi mavsumda Vlaxodimos "Nyukasl" safida 1 ta o'yinda maydonga tushdi va o'z darvozasidan gol o'tkazib yubormadi. Gretsiya terma jamoasi safida u 6 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol o'tkazdi.

U bungacha "Nottingem", "Benfika", "Panatinaikos" va "Shtutgart" klublarida o'ynagan.