Rasman: "Monako" "Bayer" darvozaboni transferini e'lon qildi

"Monako" darvozabon Lukash Gradetskini sotib oldi. Finlyandiya terma jamoasi darvozaboni Leverkuzenning "Bayer" klubidan o'tdi. Bu haqda bugun frantsuz klubi rasmiy saytida ma'lumot berildi.
35 yoshli darvozabon "Monako" bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Avvalroq insayder Fabritsio Romano transfer summasi 2 mln evro ekanini ma'lum qilgandi.
Gradetski "Bayer" safida etti yarim yil to'p tepgan. Germaniya klubi bilan birgalikda u Bundesliga chempioni bo'ldi. O'tgan mavsumda darvozabon "Bayer" safida 35 ta o'yinda maydonga tushib, shundan 8 tasida o'z darvozasidan gol o'tkazmagan.
Liga 1ning yangi mavsumi 15 avgust kuni start oladi.