"Manchester Yunayted" rasmiy saytida 22 yoshli hujumchi Binyamin Sheshkoning "Leyptsig"dan transfer qilingani haqida ma'lum qildi. Sloveniya terma jamoasi futbolchisi bilan shartnoma 2030-yil iyungacha tuzilgan.

Avvalroq OAV xabariga ko'ra, "qizil iblislar" Sheshkoni 85 million evroga sotib oladi. Shundan 76,5 million evro — qat'iy to'lov, 8,5 million evro esa bonus sifatida belgilanadi.

Hujumchi 2023-yil yozidan beri Germaniya klubida to'p surib kelgan. O'tgan mavsumda Sheshko barcha musobaqalarda 45 ta o'yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi.

Manba: stadion.uz