Rasman. "Manchester Siti" 31 million evroga sobiq darvozabonini qayta sotib oldi

"Manchester Siti" tarbiyalanuvchisi hisoblangan darvozabon Jeyms Trafford "Byornli"dan sotib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Bitim 5 yil muddatga imzolangan. Boshqa manbalardan olingan ma'lumotlarga ko'ra, 22 yoshli darvozabonning transfer narxi 31,2 million evroni tashkil qilgan.
"Siti"ga qaytish men uchun ham, oilam uchun ham alohida lahza. Bu erni men uy deb atayman. Ajoyib insonlarga ega o'ziga xos futbol klubi," - dedi futbolchi jamoa matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
O'tgan mavsumda Trafford Chempionshipning eng yaxshi darvozaboni bo'lgandi. 45 o'yinda u 16 marta gol o'tkazib yubordi va 29 o'yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.