Rasman. Luis Suares - "Sporting" futbolchisi!

Lissabonning "Sporting" klubi "Arsenal"ga o'tib ketgan Viktor Dyokeresh o'rnini tezkorlik bilan to'ldirdi.
Portugal klubi "Almeriya" hujumchisi Luis Suaresni 22,1 million evro + 5,2 million evro bonus miqdori evaziga sotib oldi.
27 yoshli kolumbiyalik hujumchi 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.