Rasman. "Lill" "Betis" himoyachisini sotib oldi

Qanot himoyachisi Romen Perro "Lill" futbolchisiga aylandi. Futbolchi Liga 1ga "Betis"dan ko'chib o'tgan. Yangi futbolchi haqida frantsuz jamoasi matbuot xizmati klub saytida rasman e'lon qildi.
27 yoshli frantsuz 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Avvalroq OAVda "Lill" va "Betis" o'rtasidagi kelishuvning taxminiy summasi 3,5 mln evroni tashkil etishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Frantsiyada Perro 15-raqamda harakat qiladi.
O'tgan mavsumda chap qanot himoyachisi "Betis" safida barcha musobaqalarda 41ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.