"Bavariya" vingeri Kingsli Koman "An-Nasr"ga o'tdi, deya xabar bermoqda Saudiya klubi matbuot xizmati.

Avvalroq, transfer 35 million evroga tushishi, 29 yoshli frantsuzning o'zi esa bir mavsumda 20-25 million evro atrofida maosh olishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Koman "Bavariya" safida 2017 yildan buyon to'p tepib kelayotgandi. U 339 ta o'yinda maydonga tushib, 72 ta gol urgan va 71 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Myunxenliklar tarkibida vinger to'qqiz marta Bundesligada, olti marta Superkubokda va uch marta mamlakat kubogida g'olib chiqqan. Shuningdek, Koman bir martadan Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'alaba qozongan.