Rasman. Keylor Navas yangi jamoa bilan shartnoma imzoladi

Madridning "Real" va "PSJ" klublari sobiq darvozaboni Keylor Navas Meksikaning "Pumas" klubi bilan shartnoma imzoladi.
Kelishuv 2026 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan. Shu tariqa, darvozabon bir mavsumni Meksikada o'tkazadi.
Avvalroq 38 yoshli Navas Argentinaning "Nyuells Old Boyz" klubida to'p tepgan va "Pumas" uni 1,63 mln evroga sotib oldi. Hozirda kosta-rikalik bir million evroga baholanmoqda.
Navas uch karra Frantsiya chempioni, Ispaniya chempioni va uch karra Chempionlar ligasi g'olibi hisoblanadi.