Madridning "Real" klubi "Benfika"dan Alvaro Karrerasni sotib olganini e'lon qildi.

22 yoshli chap qanot himoyachisi 2031 yilning 30 iyuniga qadar 6 yillik shartnoma imzoladi. Karreras seshanba kuni rasman "Real Madrid" futbolchisi sifatida taqdim etiladi.

Transfer narxi 50 million evro ekani xabar qilingandi.

Karreras - "Real Madrid" tarbiyalanuvchisi. U 2017 yildan 2020 yilgacha klubning yoshlar jamoalarida o'ynagan, shundan so'ng "Manchester Yunayted"ga o'tgan.