Rasman: Italiya chempioni yangi hujumchi transferini e'lon qildi

"Napoli" "Udineze"dan Lorentso Lukkani o'z safiga qo'shib oldi.
Italiya chempioni 24 yoshli forvardni sotib olish sharti bilan ijaraga oldi.
Ma'lum qilinishicha, ijara narxi 9 mln evroni, sotib olish bandi esa 26 mln evroni tashkil etadi.
Lukka A Seriyaning o'tgan mavsumida 33 ta o'yinda 12 ta gol urdi va bitta samarali uzatmani amalga oshirdi.